Munavvara Abdullayeva

O'zbekiston xalq artisti

O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi professori, kafedra mudiri. Drama aktyori va rejissura, san’at sohalarida mahoratli kadrlarni tayyorlagan. 250dan ortiq shogirdlarga ustozlik qilgan. Ulardan 24 nafari “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 6 nafari “Qoraqalpog‘iston xalq artisti” unvonlariga, 3 nafari “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘lishgan.