Vokal

Vokal bu yakka tartibdagi ta'lim. Bu ancha samarali ta'lim hisoblanib, sizga qisqa vaqt ichida ovozingiz texnikasini rivojlantirish uchun katta yordam beradi.

Qobiliyatingizni tekshirishingiz uchun birinchi dars BEPUL

Vokal o'quv rejasiga quyidagilar kiritilgan:

 

- To'g'ri nafasni rivojlantirish, nafas olishni tahlil qilish.

- Artikulatsiya

- Eshitish

- Ovoz va registrlarda tembrni aniqlash, shuningdek undagi nuqsonlar ustida mashqlar.

- Ovozga mos repertuar tanlash .

- Sahnada qo'rquvni yengish uchun mashqlar. tomoshabinlar bilan ishlash.

- ijro uslubini o'zlashtirish, matnga ishonch va to'g'ri kuylash.

- Studiyada mikrafon bilan ishlash

- Oliy o'quv yurtlari vokal fakultetiga kirish uchun tayyorlash.

- Ijodiy konsertda ishtirok etish (jonli ijro)

- Sertifikat topshirish

 

 O’qituvchilar:

• O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi o’qituvchisi Zuleyha Axatovna.

• O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti Vokalisti Iroda Vafoyeva

• Alisher Navoiy nomidagi “Opera va Balet” teatri aktrisasi Gulnara Alidjanovna.

 

O’qish davomiyligi 10 oydan iborat. Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari Dars yakka tartibda 45 daqiqa davom etadi.

 

O’qishni muvaffaqiyatli tugatgan har bir o’quvchi SERTIFIKAT bilan taminlanadi, ushbu hujjat bilan siz “O’zbekkonsert”ga murojaat qilib Litsenziya talablariga javob bergan holda qo’shiqlaringizni TV., Radio va ommaviy axborot vositalariga joylashtirishingiz mumkin.

 

Kursga yozilish uchun quyidagi formani to'ldiring.