Aktyorlik mahorati

Kurs uch guruhga bo’linadi:

1."KINOKURS"

Kino, klip, reklama va seriyallarda suratga tushishni istaganlar uchun. O'quv dasturi:

• Aktyorning harakati va mashqlari, uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun tavsiyalar.
• Nutq ta'limi (og'zaki harakat, mantiq, matn ustida ishlash)

• Sahna harakati va xotira mashqlari (yakka va juftlik)

• Hayajonni boshqarish.

• Monolog, masal, she’rlarni yod olish, etyud va raqs tayyorlash (Kastinglar uchun)

• Aktyorning suratga olish maydonchasida o’zini tutishi axloq-odobi va xulqi.

• Qanday "SHOWREEL" qilish (obrazda suratga tushish) va amaldagi portfolioni yaratish.

• Qanday qilib filmda o'zingizga mos rol tanlash. (Proffessional aktyorlardan tavsiyalar)

• Kamera va rejissor bilan ishlash.

• Suratga olish maydonchasida amaliyot.

• Nazorat darsi (kasting topshirish)

• Sertifikat topshirish

2. "O’ZIM UCHUN"

Hayajonni boshqarish, omma oldida o’zini erkin tutish, muloqotga tez kirishish.

• "O’zini eshitish" muloqot qilish

• Tinglovchilarning e’tiborini yengib o’tish uchun jismonan va ruhan erkinlik

• Nutq ta'limi (so’zga e’tibor, talaffuz, so'z tanlash)

• Hissiyotlar va harakat treyningi (yurish, ishoralar, plastik mashqlar, tabassum)

• O’ziga nisbatan ishonch (shaxsning kuchli tomonlarini kashf qilish mashqlari)

• "Tanishuv" (begona insonlar bilan)

• Omma oldida o’zini erkin tutish. (katta sahnada)

 

3."INSTITUTGA KIRAMAN"

Dramatik Teatr kino va aktyorligi - Musiqali teatr aktyorligi - Estrada aktyorligi O’qish davomida siz nimalarni bilib olasiz:

 

• Teatrlar tarixi (Toshkentdagi teatr muzeylariga sayohat)

• Dramaturgiya haqida tushincha

• Prezident asarlari (O’quv qo’llanmalar beriladi)

• Teatr va Kino (spektakl hamda filmlarga tashrif)

• Aktyorlik mahorati

• Sahna nutqi (talafuz)

• Monolog (asar va matn ustida ishlash)

• Etyud (predmetni his qilish)

• She’r (ifodali o’qish)

• Adabiy parcha (sahna ko’rinishi)

• Masal

 

O’zbekiston Xalq artisti Erkin Komilov. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyasi professor Munavvara Abdullayeva. O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti o’qituvchilari Sevara Rajabova, Go’zal Rashidova hamda Qahramon Madrimov O’zbek Milliy Akademik Teatri aktyori Avaz Qodirov. O’zbekiston qo’g’irchoq teatri bosh rejissori Hotam Oxunov. O'quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar, siz ushbu hujjat bilan TV, Radio va Madaniyat uylariga, O’zbekfilm, Kinoxronika, O’zbekkino Milliy agentligiga sinov asosida ishga qabul qilinib xodim sifatida ya’ni kino klip, seriyal, reklama roliklarida aktyorlik faoliyati yuritishingiz mumkin. Kurs davomiyligi 10 oy. Darslar vaqti: Haftasiga 3 kun 2 soatdan bo’lib o’tadi.

 

Kursga yozilish uchun quyidagi formani to'ldiring.