Biz haqimizda.

Yurtimizdagi a'lo darajali san'at maktabi

Vays Media san’at maktabi O’zbekiston xalq artisti Erkin Komilov Badiiy rahbarligida 2015-yildan boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. San’at maktabimiz o’quvchilariga juda keng imkoniyatlar yaratib berilgan. O’z yo’nalishiga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirish maqsadida maktabimizda turli o’yinlar, musobaqalar o’tkaziladi. Elimiz suygan aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari o’tkaziladi. O’quvchilarimiz teatrlarda spektakllar premyeralari, kinofilmlar premyeralarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.